Skip to content
Javlon's Blog
Ortga qaytish

Takrorlanmas kombinatsiyalar

Color-of-life

RGB modeli

R- Red (Qizil)
G- Green (Yashil)
B- Blue (Ko’k)

RGB — bu raqamli qurilmalarda qo’llaniladigan asosiy ranglar modelidir. Atigi uchta rangning turli nisbatdagi kombinatsiyasidan millionlab ranglar hosil bo’ladi. Siz hozir ushbu matnni o’qiyotgan ekran ham har bir pikseldagi sub-piksellarning o’zaro o’yinidan yaratilgan.

Dasturlashda biz har bir rangni 0 dan 255 gacha bo’lgan raqamlar bilan ifodalaymiz. Masalan, rgb(255, 0, 0) — bu eng sof qizil.

Biologik “RGB”: Bizning DNK

Texnologiyada ranglar qanday takrorlanmas bo’lsa, borliqning mo’jizasi bo’lgan inson ham shunday. 23 ta xromosoma otadan, 23 tasi onadan — matematik jihatdan teng ulushli “mualliflik huquqi” asosida yangi dunyo shakllanadi.

Natijada hosil bo’lgan DNK kodi dunyodagi hech bir insonda aynan takrorlanmaydi. Biz hammamiz “unique” (yagona)miz.

DNK takrorlanmas bo’lganidek, insonning ruhiyati va fe’l-atvori ham turlicha:

Namuna bo’ling

Biz ko’pincha o’zimiz amal qilmaydigan qoliplarga boshqalarni solishga urinamiz: kimnidir haddan tashqari “vazminlikda”, boshqasini esa “erkinlikda” ayblaymiz. Lekin unutmang:

Ko’p so’zlashning keragi yo’q, shunchaki namuna bo’ling!

Boshqalarni o’zgartirishga sarflagan energiyamizni, ularning takrorlanmas tabiatini tushunishga va qabul qilishga sarflaylik.

Agar xohlaganingiz bo’lmasa, bo’lganini xohlang (va qadrlang).

Har bir inson — o’z rangiga ega piksel va shu piksellar hayotni rang barang qiladi.

Obuna Bo'ling

Yangi maqolalar va qisqa qaydlarni @javlonergashev_blog telegram kanalida kuzatib boring.


Ulashish:

Oldingi post
Yo'q deya olish san'ati
Keyingi post
Open Budget