Yaqinda bir yaqinimiz bo’lajak qaynotalari oldiga suhbatga boribdilar. Ota qayerda ishlaysiz, qancha topasiz deb so’rabdi. Do’stimiz “faloncha” mln so’m atrofida deyishlari bilan otamiz bu pulga oila boqib bo’ladimi deb to’yni to’xtatmoqchi bo’libdilar.
Men otasi biror vazirlikda ishlar ekanmi yoki nufuzli tashkilotlarda ishlab pensiyaga chiqgan ekanmi desam oddiy dehqon ekanlar.
Olma daraxtidan uzoqqa tushmaydi deganlaridek:
Hozirgi qizlar nega bunchalik “molparast”, “jasadparast” bo’lib ketyapti deb xafa bo’lmasangiz ham bo’ladi.
Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qilgan hadisga ko’ra (Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan), ona qornidagi homila 120 kunlik (4 oy) bo’lganida unga ruh puflanadi va bir farishta yuboriladi.
Farishta kelib, insonning peshonasiga (taqdiriga) quyidagi 4 ta narsani yozadi:
-
Rizqi: Umri davomida nima yeb, nima ichishi va qancha mol-mulk topishi.
-
Ajal (Umri): Qachon va qayerda vafot etishi, dunyoda qancha muddat yashashi.
-
Amali: Hayoti davomida qanday ishlar bilan mashg’ul bo’lishi.
-
Baxtli yoki baxtsizligi: Oxiratda saodat ahli (jannatiy) yoki shakovat ahli (do’zaxiy) bo’lishi.
Rizqmiz va ajalimiz aniq ekan ular bizni qidirib topmasdan qo’ymaydi.