Terminator
1981-yilda Jeyms Kemeron qattiq kasal bo’lib, isitmasi ko’tarilib isitma ta’sirida u g’alati bir tush ko’radi: olov ichidan chiqib kelayotgan va unga qarab emaklayotgan metall skelet. Aynan shu qo’rqinchli tush “Terminator”ning asosiy g’oyasiga aylanadi. Kemeron darhol bloknotiga shu skeletning eskizlarini chiza boshlaydi.
Kemeron suyuq metalli robot (T-1000) g’oyasini birinchi qismdayoq o’ylagan edi, lekin 1984-yilda buni amalga oshirishning mutlaqo imkoni yo’qligini tushunib, bu g’oyani 1991-yilgacha (texnologiya rivojlanguncha) chetga surib turgan
AI (Artificial Intelligence)
AI haqida o’ylasam “Terminator” filmi xayolimga kelaveradi undagi robotlarni markazlashgan server boshqarib insonlarni qirib yuborishi. Biz ham texnologik jihatdan yaqinmiz. Robototexnika ancha vaqtdan beri rivojlanmoqda (ayniqsa Yaponiya bu sohada yetakchi) faqat shu robotlarga o’zini o’zi boshqara oladigan “ong” zarur edi u ham ancha tayyor bo’lib qolgandek. Qachondir shu “ong” tayyor bo’ladi va xuddi filmdagidek dasturiy ta’minot va mexanika birlashsa bas.
AI yaratish rejasi ham o’tgan asrdan buyon bo’lgan lekin uni yaratish uchun yetarlicha imkoniyat va resurslar bo’lmagan. Aynan biz yashab turgan davr zamonaviy kuchli kompyuterlar, internet, GPU(Graphics Processing Unit) kabilar rivojlanishi va eng asosiysi internet data (ma’lumotlar) bilan to’lib toshgani unga yaxshi zamin bo’ldi.
Dastlabki bosqichada AI modellarga tog’ri promt berish (ingliz tilida) katta ahamiyatli edi. Asta sekin u barcha tillarda ixtiyoriy matnni tushunadigan holga kelmoqda.
Texnologik tafovut
Avvallari
- Ma’lumotlarni qidirshda googling qilar edik
- Dasturlashda muammolarga stackoverflow, documentation, youtube (ayniqsa majburiy ixtiyoriy tarzda hind akalarning video dasrlari 😁)
Hozir bularning o’rnini AI egalladi. Atrofda hamma AI bilan ishlayotgandek tuyuladi lekin dunyodagi odamlarning 80% dan ortig’i uni ishlatib ham ko’rmagan. O’zimizda bo’lsa odamlarning ko’pchiligi oddiy telegram imkoniyatlaridan to’liq(ba’zilar hatto location yuborish) ham foydalana olmaydi.
Dasturchilar murakkab tizimlar qurib odamlarning muammosini yechishga katta energiya, vaqt sarf qilmoqda lekin ko’pchilik hali ham oddiy narsalarga tushunmaydi. Siz ularni yoshi kattalar qatlamiga mansub deb o’ylasangiz adashasiz. Yoshlar ham qo’lidagi qimmatbaho device qanday imkoniyatlarga ega ekanini, nima uchun u bunday qurilma uchun katta pul to’laganini bilmaydi(maqtanish, ko’z-ko’zlik uchundir balki).
AI modellar qanday ishlaydi
Gemini, Claude va Grok kabi yirik til modellari ulkan hajmdagi ma’lumotlar to’plamida o’qitiladi. Bu jarayonda model ma’lumotlarni shunchaki xotirasiga saqlab qolmaydi, balki so’zlar va tushunchalar o’rtasidagi statistik bog’liqliklarni o’rganadi. Ya’ni
- Vektorizatsiya - Matndagi har bir so’z va ma’no ko’p o’lchamli vektorlar fazosiga o’tkaziladi.
- Kontekstni tahlil qilish - Siz so’rov (prompt) berganingizda, model faqat kalit so’zlarni emas, balki butun gapning mazmunini tahlil qiladi
- Ehtimollik - o’rgangan bilimlari va vektor o’xshashliklariga tayanib, savolga javob bo’la oladigan keyingi eng mantiqiy so’zni ketma-ketlikda bashorat qiladi (generatsiya qiladi).
AI haqiqiy intellekt bo’la oladimi ?
Yuqoridagi Gemini, Claude va Grok kabi modellar nafaqat Stack Overflow kabi dasturlash forumlarini, balki insoniyat tafakkurining deyarli barcha raqamli omborlarini — Vikipediyaning ko’p tilli ensiklopedik bilimlarini, Redditdagi jonli bahslarni, millionlab ilmiy maqolalar va Githubdagi ochiq kodlarni, hatto asrlar davomida yozilgan badiiy adabiyotlarni ham ‘yamlamay yutib yuborgan’. Siz so’rov berganingizda u katta ma’lumotlarni katta tezlikda sintez qiladi va yuqoridagilar (Vektorizatsiya,Kontekstni tahlil qilish va Ehtimollik ) ga asoslanib javobni tezda beradi. Unga nima o’qitilishi bog’liq agar avvalgi va hozirgi ijtimoy tarmoqdagi post, comment hokazolar bilan o’qitilsa kelajakda farzandingizga sizni o’zingizdan ko’ra yaxshiroq tushuntiradi.
AI bir vaqtda minglab, millionlab, milliardlab odamlar bilimini o’zida jamlab tezda eng oqilona javob berishi mumkin. Bu xuddi insonga fikrlashdek tuyulishi mumkin lekin bu shunchaki ma’lumotlarning katta tezlikdagi sintezi. AI ni o’tgan asrda yaratib bo’lmasligining asosiy sabablari ham data edi. Shuning uchun ham AI rivojlanishi uchun dataga qaram(dependency).
Haqiqiy intellekt faqat odamda bor, faqatgina u kashf qila oladi.Sun’iy intellekt bu o’qitilgan kompyuter, u keyinchalik rivojlanishi uchun unga data kerak.U o’zining ma’lumotlaridan rekursiv foydalanib faqat spagetti mahsulot yarata oladi xolos (Model Collapse)
Kelajak: Kasblar yo’qoladimi?
Yo’q, faqat ularning shakli o’zgaradi.
- Ot-arava o’rnini — avtomobil egalladi.
- Sham o’rnini — elektr egalladi.
- Uy telefonlari o’rnini — mobil telefonlar egalladi
- Pochta o’rnini — e-mail egalladi.
Dronlar paydo bo’lgani bilan harbiylar ishsiz qolgani yo’q, aksincha ularning ishlash uslubi o’zgardi. AI ham bizning kundalik vositamizga aylanadi. Bularning barchasi mening subyektiv fikrlarim. Hammasini vaqt ko’rsatadi.