Skip to content
Javlon's Blog
Ortga qaytish

Anglash

Updated:

Kechikkan haqiqatlar

Ba’zi haqiqatlar bor ekanki, ularning mohiyatini to’liq anglab yetishingiz uchun vaqt va hayotiy tajriba talab etilar ekan.

Abituriyentlik paytimning oxirgi yilida harbiy o’qishga kirish uchun yugur-yugur qilib yurgan paytlarim hech yodimdan chiqmaydi ayniqsa o’sha “tarjima hol”.

Nomidan ma’lumki, bu hujjatda shaxsiyat, ta’lim, oilaviy sharoit va sudlanmaganlik kabi ma’lumotlar aks etishi kerak. Uni oldindan belgilangan shablon asosida to’ldirar edik. Shaxsiyatimni tasvirlaydigan qismdagi bir jumla hech xotiramdan o’chmaydi: “Dinim Islom va unga qisman e’tiqod qilaman”.

O’shanda bu gapni o’qib, ichimda isyon ko’tarilgan: “Nega endi ‘qisman’? Axir men musulmonman va dinimga to’liq e’tiqod qilaman-ku!” — deb o’ylagandim. Biroq, bu jumla haqiqatga qanchalik yaqin ekanini oradan vaqt o’tib, universitetda o’qib yurgan patylarimda anglab yetdim.

Zidiyatlar girdobi

Toshkentdagi talabalik davrimda bir narsa meni qattiq o’yga toldirdi: Yaratganni faqat boshi qiyinchilikka tushganda yoki ishi yurishmay qolgandagina eslaydigan, ibodatni faqat ehtiyoj deb biladiganlar… Shu bilan birga, bir qo’lida tasbeh, ikkinchi qo’lida gunoh — zino va fahshdan qaytmaydiganlarni ko’rib, ko’nglim xira bo’lardi.

Ayniqsa, “ba’zi qizlar” masalasi og’riqli. Ota-onasi ne-ne umidlar bilan o’qishga jo’natgan, ammo ular poytaxtga kelib shataloq otib, yo’ldan adashgan (albatta, besh qo’l barobar emas). Bugun ular turmushga chiqishgan, umr yo’ldoshini aldayotgan va butun bir oila poydevori yolg’on ustiga qurilgan. Bilmaydida u er ham, bilganda olarmidi? Balki shunga munosibdir.

“Tishlangan olmalar”ga rozi bo’lmasangiz, shunga loyiq bo’ling.

O’ylab qolaman:

Turmushda halovat va qoniqish topolmayotganlarning ildizi balki mana shu o’tmishdagi xatolardadir?

Boshi toshga tekkanda…

Abituriyentlik paytimda erta tongdan o’qishga otlanardim. Mahallamizda bir aka bo’lardi, tong saharlab uni mast holda uchratish odatiy hol edi. Bugun u o’zgargan, namoz o’qiydi, yo’li boshqa.

Lekin odam to’g’ri yo’lga qaytishi uchun albatta boshi toshga urilishi shartmi? Bu bizning asliyatimizga singib ketganmi:

Bu asliyatimizda bormikan deb o’ylayman:

Alkash qarisa — mulla, j***b qarisa — otinoyi.

Alkogol sotadigan do’konlar yonidan o’tayotganimda ichimda g’azab qaynaydi. Shu zaharli ichimlikni pullayotganlar, u sababli qancha oilalar barbod bo’layotganini, qancha insonlar aziyat chekayotganini bilisharmikan? Afsuski, bunday “harom biznes” egalarining ishi hamon “yurishmoqda”.

Qancha mol-u dunyo orttirmasin qo’li bosh ketishini va gunohlar yukini his qilish uchun ularga ham vaqt kerakmikan?


Ulashish:

Keyingi post
Oliy ta'lim illyuziyasi