Skip to content
Javlon's Blog
Ortga qaytish

Oliy ta'lim illyuziyasi

Updated:

Oliy ta’lim: Miqdor va sifat balansi

Bugun ta’lim bozori kengaydi, ammo bilim sifati ortdimi? Keling, xususiy va davlat oliygohlaridagi holatni tahlil qilamiz.

Xususiy universitetlar

Hozirgi kunda juda ko’pchilik oliy ta’limda o’qiyapti, sababini xususiy oliygohlar ochilgani bilan bog’lash mumkin. Ulardagi sifat darajasini o’qib chiqayotgan kadrlar saviyasidan bilish qiyin emas. Sharoitlar yaxshi bo’lishi mumkin, lekin biz o’ylagandek sifatli kadrlar yetishib chiqmayapti.

Davlat oliygohlari

Davlat oliygohlarida ham ko’pida ahvol shunday. Biz o’qishga kirgan paytimizda (2019) davlat oliygohlariga 1 mln dan ortiq abituriyent hujjat topshirgan edi (2025-yilda bu ko’rsatkich 732 ming 411 nafar). Bundan ko’rinadiki, bir o’ringa bo’lgan abituriyentlar soni ham shunga yarasha o’zgargan va raqobat pasaygan.

Tizimdagi “og’riqli” nuqtalar

Ta’limdagi “adolatsiz” filtrlar

Yuqoridagilardan tashqari, tizimda shunday tushunchalar borki, ular bilim emas, pul birinchi o’ringa chiqishiga xizmat qiladi:

Inson o’ziga qanday yaxshi narsani ravo ko’rsa, boshqalarga ham shuni ravo ko’rishi kerak. Ammo bilimda “aylanma yo’llar”ni tanlash kelajakda butun jamiyat uchun qimmatga tushishi mumkin.

Yuqoridagilar men payqagan eng asosiy kamchiliklar, lekin bu yerda kutuvni faqat oliygohdan qilish ham xato.

Universitet = bilim maskani muhit

Nazarimda biz ko’proq muhit uchun to’laymiz. Ko’pchilik “oliygohga kirganimdan so’ng bilimlarim abituriyentlik paytimdagidan pastladi” deydi. Aslida bu insonning o’z ustida ishlamagani, rivojlanishdan to’xtab qolganini tan olgisi kelmasligi yoki buni anglamasligidir.

Oliygoh — barcha bir maqsad yo’lidagi insonlarni bir joyda jamlagan muhit hamda tanish-bilish orttirish maskanidir.

Bu muhit ichida bilimlisi ham bor, bilimsizi ham. Sizga berilgan 4 yil vaqt ichida bitta kasbning mutaxassisi bo’lish yetarli. Barcha bilimlar kitoblarda chang bosib yotibdi. Qolaversa, internet manbalarga to’la, faqat undan to’g’ri va samarali foydalanishni bilish kifoya.

Maqsadni to’g’ri qo’yish

Ko’pchilik ota-onalar farzandiga yoshligidan yaxshi e’tibor berib, ixtisoslashtirilgan maktab va litseylarda o’qitadi. Kerak bo’lsa, kelajakda kim bo’lishini ham belgilab beradi. Har bir inson alohida shaxs, uning fikrlarini hurmat qilish kerak. Keyinchalik u baribir siz belgilab bergan sohada ishlamasligi mumkin. Ishlasa ham bezib ishga boradi yoki pensiyaga chiqish vaqtini hisoblab yashaydi. Orqaga qaytib tavakkal (risk) qilishdan qo’rqadi.

Ko’pchilik oliygohni “qashshoqlikdan qutulish chiptasi” deb biladi. Ammo tizimdagi sifatning pastligi va bozor talabidan uzilib qolganlik natijasida, bugun qo’lida diplomi bor, lekin amalda haydovchilik yoki sotuvchilikdan boshqa ishga yaramaydigan kadrlar armiyasi shakllanib bo’ldi.

Bu kasblar uchun diplom kerak deb o’ylaysizmi?

Men qaysidir kasbni yomon demoqchi emasman, har bir kasbda mutaxassis bo’lib yetarlicha daramaod qilish mumkin. Faqat bu birdaniga emas, yillar davomida yig’ilgan xatolardan olingan tajribalar bunga zamin yaratadi.

4 yil umr, qiynalib topgan pul men ishlatmaydigan bir parcha qo’g’oz uchun arziydimi va men kirgan kirgan o’ringa mendanda munosib inson bor edi deb savol bermikan

Xulosa …

Barcha bilimlar ma’lum bir asos ustiga quriladi. Ba’zi bilimlarni o’rganish uchun oldin boshqa poydevorni qurish talab etiladi. Shuning uchun, diplomingiz qaysi kasbni yozishidan qat’i nazar, amaliy tajriba va mustaqil bilim olishni bugundan boshlang.


Ulashish:

Keyingi post
Ijtimoiy tarmoq qurbonlari