Skip to content
Javlon's Blog
Ortga qaytish

Hayot simfoniyasi

Hayotimiz xuddi klassik (matnsiz) musiqaga o’xshaydi.

Undagi notalar goh sokin, goh yuksak tebranadi. Har birimiz unda o’z matnimizni yozib, kuy bastalaymiz.

Kimdir bir umr eshitishga arzigulik albom yaratib, boshqalarga namuna bo’ladi. Kimdir muvaffaqiyatsiz albomga sababchi bo’lsa, kimdirning albomi bo’sh qoladi. Yana kimlarnikidir boshlanmasdan tugaydi…

Kimdir esa shunchaki muvaffaqiyatli albomlarning “cover” versiyasini yaratadi, biroq baribir asl nusxa asligicha qoladi.

Musiqangiz atrofdagilarnikiga o’xshashini xohlamasangiz — o’z asaringizni o’zingiz yozing

Obuna Bo'ling

Yangi maqolalar va qisqa qaydlarni @javlonergashev_blog telegram kanalida kuzatib boring.


Ulashish:

Oldingi post
Sug'ur kuni
Keyingi post
Rizq